AQSH afg‘onlarga kompensatsiya to‘lamoqchi

Olam

image

AQSH Afg‘onistondan chiqarilishidan oldin Qobulga bergan aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan 10 nafar afg‘onning qarindoshlariga kompensatsiya taklif qildi. Vafot etganlarning 7 nafari yosh bola bo‘lgan. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari AQSH rasmiylari kechirim so‘rash va kompensatsiya masalasini hal qilish uchun ular bilan bog‘lanmaganliklaridan shikoyat qilishgan.

Kecha, 15 oktyabr kuni esa AQSH Mudofaa vazirining o‘rinbosari Kolin Kal Nutrition and Education International  tashkilotining rahbari Stiven Kvon bilan suhbatda qurbon bo‘lganlarning oilasiga kompensatsiya to‘lashni taklif qilgan.

Ta’kidlanishicha, o‘ldirilganlardan biri bo‘lgan Zamairi Ahmadiy shu tashkilotda ishlagan. Ulardan yana biri Ahmad Nosir AQSH harbiylari uchun tarjimon bo‘lib xizmat qilgan.

Pentagon, shuningdek, qurbonlarning qarindoshlarini Amerikaga ko‘chirish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgust kuni AQSH Harbiy havo kuchlari Qobulga raketa uchirgandi. Vashington aviazarbani terrorchilarni yo‘q qilish uchun berganini aytgan. Biroq, keyinroq hujum natijasida 10 ga yaqin tinch aholi qurbon bo‘lgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing