AQSH Afg‘onistonga 266 mln dollarlik yordam ko‘rsatadi

Olam

image
AQSH va’dasini bajaryaptimi? Afg‘onistondan harbiylarning qancha qismi chiqib ketgani ochiqlandi north_east

AQSH va’dasini bajaryaptimi? Afg‘onistondan harbiylarning qancha qismi chiqib ketgani ochiqlandi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Afg‘onistonga 266 million dollar miqdorida yordam berishini ma’lum qildi va ushbu mablag‘ bilan birga 2002 yildan beri Amerika Afg‘onistonga ko‘rsatgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi 3,9 milliard dollarni tashkil etishini ta’kidladi.

Blinkenning taxminlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 18 millionga yaqin odam qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. AQSH yordam paketi ularning ayrimlarini uy-joy, tibbiy yordam, suv va oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, shuningdek, sanitariya va epidemiyaga qarshi sharoitlarni yaratadi.

Davlat kotibi ushbu mablag‘lar boshqa narsalar qatori, ayniqsa zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan ayollar va qizlarga yordam berishini ta’kidladi. Blinken, shuningdek, boshqa mamlakatlarni Afg‘onistonga yetkazib beriladigan gumanitar yordamlarga qo‘shilishga chaqirdi va qochqinlarni qabul qilgan davlatlarga minnatdorlik bildirdi. 

Bundan tashqari, Davlat kotibi Afg‘oniston rahbarlari va “Tolibon” rahbarlariga mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishning tinchlik jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qildi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ishlarini boshlab yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing