AQSH Afg‘onistondagi harbiylari masalasida bir qarorga kelmadi – Pentagon

Olam

image

AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risida haligacha qaror qabul qilmagan. Bu haqda Pentagon Matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qilgan. 

"Hozircha bunday qaror qabul qilinmagan", degan Kirbi jurnalistlarga. 

Shu bilan birga, Jon Kirbining ta’kidlashicha, agar bunday qaror AQSH Prezidenti Jo Bayden tomonidan qabul qilinsa, u holda rasmiylar ushbu hududdan chiqib ketayotgan amerikalik harbiylarning xavfsizligi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. 

Bundan tashqari, Kirbi Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqish to‘g‘risida qachon qaror qabul qilinishi borasida izoh bermagan, unga ko‘ra, "bu borada yakuniy qarorni bilmasdan turib gapirib bo‘lmaydi". 

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va "Tolibon" tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach Afg‘onistonni tark etishi kerak edi. Biroq, joriy yil yanvar oyida AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati "Tolibon" bilan tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqish niyatida ekanini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing