AQSH Afg‘onistonda “Tolibon” bilan birga hukumat tuzishni taklif qildi
Olam
−
08 mart 2021
6597AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistonning “Tolibon” harakati vakillari ham kiritiladigan hukumatini shakllantirish uchun BMT shafeligida konferensiya chaqirishni taklif qildi. Bu haqda “The New York Times” gazetasi Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘aniga yo‘llangan maktubga asoslanib xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Blinkenning taklifiga binoan anjuman Turkiyada AQSH, Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron va Hindiston vakillari ishtirokida chaqirilishi kerak.
Blinken, shuningdek, yangi hukumatda Tolibon vakili bo‘lishi, Saudiya Arabistoni Konstitutsiyasini o‘zgartirish rejalari va uch oylik zo‘ravonlikni qisqatirish shartlari, so‘ngra o‘t ochishni butunlay to‘xtatish haqida ma’lumot bergan. Rejalarda vaqtincha hukumat tuzilgandan keyin saylov o‘tkazish ham bor.
Blinkenning maktubi 28 fevral sanasi bilan yuborilgan. NYT manbalariga ko‘ra, xat Prezident G‘aniga AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod yetkazgan.
LiveBarchasi