AQSH Adliya vazirligi Texas shtatini migratsiya bo‘yicha qonun tufayli sudga berdi
Olam
−
05 yanvar
5074AQSH Adliya vazirligi politsiyaga mamlakatga noqonuniy kirgan muhojirlarni hibsga olishga ruxsat beruvchi yangi qonun yuzasidan Texas shtatini sudga berdi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.
Adliya vazirligi Texasni AQSH hukumatining immigratsiya qonunlarini qo‘llash vakolatini buzganlikda ayblamoqda.
Texas qonuniga ko‘ra, muhojirlar Texas sudyasining AQSHni tark etish buyrug‘iga rozi bo‘lishi yoki noqonuniy kirish aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ketmagan muhojirlar esa yanada jiddiyroq ayblovlar bilan hibsga olinishi xavfi bor.
Da’vogar Ostin sudidan Texas qonunini konstitutsiyaga zid deb hisoblashni so‘ramoqda. Bildirilishicha, bu immigratsiya operatsiyalariga va federal hukumatning tashqi savdoni tartibga solish qobiliyatiga xalaqit qiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur qonun Texas shtatida mart oyida kuchga kirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 18 dekabr kuni Meksikadan bir kun ichida rekord darajada ko‘p – 12,6 mingdan ortiq odam AQSH bilan chegarani kesib o‘tishga uringandi. O‘shanda Texasning chegaradagi Igl Pass shahrida 12,6 mingdan ortiq muhojir ro‘yxatga olingan.
LiveBarchasi