AQSH aholi punktlariga zarba berdi – Venesuela Mudofaa vazirligi
Olam
−
03 yanvar 3260 1 daqiqa
AQSH Venesuelaning aholi yashash punktlariga zarbalar berdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes Telegram’dagi videomurojaatida ma’lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ehtimoliy qurbonlar, jarohatlar va yetkazilgan zarar miqdori haqidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda.
“Bolivar milliy qurolli kuchlari butun xalqaro hamjamiyatga bugun, 3 yanvar kuni erta tongda Venesuela xalqi Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati tomonidan eng jinoiy harbiy tajovuzga uchraganini e’lon qildi. Hozirda yaradorlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot to‘planmoqda”, deydi vazir.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi keng ko‘lamli hujum muvaffaqiyatli yakunlanganini e’lon qilgan edi. Amerika yetakchisi Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroga qarshi samarali zarba haqida xabar berdi, uning so‘zlariga ko‘ra, u hibsga olingan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Live
Barchasi