AQSH 14 ta vaksina ustida ish olib borayotganini e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti ma’muriyati Donald Trampning “Yuqori tezlikdagi operatsiya” dasturi doirasida koronavirusga qarshi 14 xil vaksina ishlab chiqmoqda. Bu haqda NBC telekanali xabar bergan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu 14 vaksina 90 dan ortiq namunadan tanlab olingan. Keyingi ikki hafta ichida vaksinalar qo‘shimcha sinovlardan o‘tadi, bu davr ichida ulardan olti donasi qoladi, degan rasmiylar.

Ma’muriyat vakillari, tanlangan 14 ta namunadan biron-birining yakuniy sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch yo‘qligini ta’kidlagan. Biroq Oq uy kamida bitta vaksina 2021 yil yanvarigacha foydalanishga tayyor bo‘lishiga umid qilmoqda.

3 may ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1 160 774 nafarga yetdi. 173 425 nafar bemor shifo topgan bo‘lsa, 67 444 kishi esa hayotdan ko‘z yumgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing