AQSH hukumati suddan Karimovning yaxtasini sotishga ruxsat so‘ramoqda
Olam
−
13 fevral
69562AQSH Adliya vazirligi suddan sanksiyaga uchragan rossiyalik milliarder oligarx Sulaymon Karimovga tegishli bo‘lgan Amadea superyaxtasini sotishga ruxsat so‘radi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Manxetten okrug sudiga taqdim etilgan sud hujjatlariga tayanib. “Bloomberg” xabar berdi.
Narxi 325 million AQSH dollari turadigan 106 metrlik Amadea yaxtasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin joriy etilgan sanksiyalarga muvofiq, 2022 yil 14 aprelda AQSH talabiga binoan Fijida hibsga olingan. Amerika ommaviy axborot vositalari Amadea bortida jonli omarlar bilan akvarium, qo‘lda bo‘yalgan pianino, suzish havzasi va vertolyot maydonchasi borligini yozdi. AQSH ma’murlari yaxtani saqlash uchun oyiga 600 ming dollar to‘lashini aytishdi.
“Bloomberg” iqtibos keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, davlat byudjetidan olinadigan har oylik to‘lovlar ekipajga haq to‘lash uchun 360 ming dollar, yaxta yoqilg‘isi uchun 75 ming dollar va texnik xizmat ko‘rsatish, chiqindini olib tashlash va boshqa xarajatlar uchun 165 ming dollarni o‘z ichiga oladi.
“Amerikalik soliq to‘lovchilar yaxtani musodara qilish masalasi ko‘rib chiqilayotgan vaqtda uni saqlash uchun pul to‘lamasligi kerak”, deyiladi yaxta musodara qilinganidan deyarli ikki yil o‘tib sudga taqdim etilgan hujjatda.
Qayd etish joizki, yaxtaning aniq egasi kim ekanini sud hal qilishi kerak. Rosneft korporatsiyasining sobiq rahbari, sanksiyalar ostida qolmagan Eduard Xudaynatov yaxta o‘ziga tegishli ekanini da’vo qilmoqda. “Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, bu tadbirkor yaxta o‘ziga qaytarib berilsa, uni saqlash uchun sarflangan 20 million dollarni to‘lashga va’da bergan. AQSH rasmiylari Amadea’ni saqlash uchun to‘lovlarni to‘lash uchun tadbirkor bilan muzokaralar olib borishdi, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi.
Manbaga ko‘ra, Xudaynatov 700 million dollarlik 140 metrlik "Shahrizoda" superyaxtasiga ham egalik qilishini da’vo qilmoqda. O‘z tergovida muxolifatchi Aleksey Navalniyning hamkorlari bu yaxtani bevosita Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lagan. AQSH rasmiylari har ikki holatda ham rossiyalik tadbirkor o‘zining asosiy shaxs sifatida harakat qilayotganini va Karimov, xususan, Amadea shirkatiga egaligini yashirayotganini ta’kidlamoqda. Ular Rossiya hukumatidagi oligarxni yaxtaning "egasi" deb ataydi.
Amerika rasmiylarining Amadea superyaxtasini musodara qilish talabi allaqachon AQSH Adliya vazirligining 2023 yil 23 oktyabrdagi press-relizida bayon etilgan. Shu kuni Nyu-Yorkning janubiy okrugida oligarx Karimovga qarshi sanksiyalardan bo‘yin tovlaganlik va pul yuvish aybi bilan 106 metrlik hashamatli kemani fuqarolik ishi bo‘yicha musodara qilish to‘g‘risidagi da’vo qo‘zg‘atilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Karimov 2021 yilda Amadea’ni sotib olgan va keyin Amerika moliya institutlari orqali 1 million dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazib, sanksiyalarni buzgan. Kechagi ariza Amerika Qo‘shma Shtatlari Amadea’ga egalik qilish maqsadida uni kimoshdi savdosiga qo‘yish uchun so‘raladigan uzoq davom etadigan qonuniy jarayonning boshlanishini anglatadi. AQSH sotuvdan tushgan daromadni Ukrainaga o‘tkazish niyatida.
“Forbes” jurnaliga ko‘ra, Karimov va uning oilasining boyligi 10,7 milliard dollarga baholangan. U boyligining katta qismini Rossiyaning oltin qazib oluvchi “Polyus” kompaniyasidagi ulushi orqali qo‘lga kiritgan. 2014 va 2018 yillarda AQSH Moliya vazirligi Karimovga Rossiya Federatsiyasining Suriya va Ukrainadagi harakatlari munosabati bilan sanksiyalar kiritgan. Ushbu sanksiyalar oligarxga Amerika moliya tizimiga kirishni taqiqladi. “Polyus”ga qarshi sanksiyalar esa 2023 yilning may oyida kiritilgan.
LiveBarchasi