AQSH harbiy-dengiz kuchlari O‘rta yer dengiziga kirdi
Olam
−
01 mart 2020
7285USS Eisenhower atom aviatashuvchisi boshchiligidagi AQSH harbiy-dengiz kuchlarining zarba berish guruhi Gibraltar bo‘g‘ozi orqali O‘rta yer dengiziga kirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, aviatashuvchiga USS San Jacinto va USS Vella Gulf raketa kreyserlari, shuningdek, Truxtun, USS James Williams va USS Stout esminetslari hamrohlik qiladi va ular Sharqiy O‘rta yer dengiziga kiradi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, aviatashuvchi bortida 48 ta F/A-18E Super Hornet qiruvchi-bombardimonchi samolyoti mavjud.
28 fevral kuni Suriyaning Idlib shahridagi vaziyat keskinlashishi oqibatida “Kalibr” raketalari bo‘lgan ikkita rus frigeri, “Admiral Makarov” va “Admiral Grigorovich”, shuningdek, "Orsk" katta kemasi Qora dengiz bo‘g‘ozlari orqali Suriyaga yo‘l olgan edi.