Aqchako‘lga dam olishga borgan oilaning 3 a’zosi cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 23 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a va Beruniy tumanlari orasida joylashgan Aqchako‘l ko‘lida 1 oilaning 3 nafar a’zosi cho‘kib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 23 iyul kuni soat 15:00 lar atrofida Beruniy tumani “Do‘stlik” MFYda yashovchi M.M. Ellikqal’a va Beruniy tumanlari orasida joylashgan Aqchako‘l ko‘liga farzandlari, turmush o‘rtog‘i va jiyanlari bilan oilaviy dam olish maqsadida borgan. U ko‘lga o‘zinig shaxsiy qayig‘i bilan tushib, ehtiyotsizligi oqibatida ko‘l o‘rtasiga borgan vaqtida qayiq cho‘kib ketgan. Oqibatda M.M.ning turmush o‘rtog‘i R.Z., voyaga yetmagan qizlari 13 yoshli R. S. va 10 yoshli R. S. suvga cho‘kib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, halokat sodir bo‘lgan vaqtda qayiqda jami 8 kishi bo‘lgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘z uyida qarovsiz qoldirilgan 7 nafar bola hovuzga cho‘kib ketgani, ulardan 2 nafari vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Aqchako'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing