AIBA prezidenti G‘afur Rahimov iste’foga chiqqanini e’lon qildi
Sport
−
23 mart 2019
13591Kecha, 22 mart kuni Xalqaro boks federatsiyalari assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti, o‘zbekistonlik G‘afur Rahimov tashkilot prezidenti lavozimidan iste’foga chiqqani to‘g‘risida maxsus bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Xalqaro boks federatsiyalari assotsiatsiyasining rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Xabarda keltirilishicha, G‘afur Rahimov o‘zining 25 yillik faoliyati davomida boksda faxrlanishga arzigulik natijalarga erisha olganini qayd etib o‘tgan. Ammo o‘zi uchun og‘riqli bo‘lgan bunday qarorni qabul qilishiga, so‘nggi yillarda unga qo‘yilgan bir qancha siyosiy ayblovlar hamda turli bosimlarni sabab qilib ko‘rsatdi.
“Ayni paytdagi og‘ir vaziyatni hisobga olgan holda, AIBA Nizomiga muvofiq, tashkilot prezidenti lavozimidan iste’foga chiqish niyatida ekanimni AIBA Ijroiya qo‘mitasiga ma’lum qilaman. Bu prezidentning o‘z vakolatlarini bajarishdan voz kechganini bildiradi va vaqtincha prezident tomonidan almashtirilishiga imkon beradi. Hafta oxirida men ushbu masalani muhokama qilish hamda vaqtinchalik prezident tayinlash jarayonini boshlash uchun videomurojaat orqali AIBA Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishini chaqirdim”, deb aytib o‘tgan Rahimov.
Shuningdek, tashkilot rasmiy saytida 25 martga qadar bu haqda boshqa hech qanday izoh berilmasligi ta’kidlangan.
LiveBarchasi