Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga qur’a tashlandi

Sport

image

Joriy yilning 8-14 dekabr kunlari boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. 

Kecha, 7 dekabr kuni chempionat oldidan rasmiy tadbirlar – mandat komissiyasi, texnik yig‘ilish va qur’a tashlash marosimi tashkil etildi. Bu safargi O‘zbekiston Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) andozalariga mos tarzda tashkil etilishi aytib o‘tildi.

AIBA’ning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Buyuk Britaniya) va Igor Biletskiy (Ukraina) O‘zbekiston chempionati davomida hakamlarni baholovchi (Evaluator) sifatida faoliyat yuritishadi. Ya’ni, ushbu ikki mutaxassis O‘zbekiston chempionatida hakamlarning harakatlarini nazorat qiladi.

Shuningdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ilk marotaba xorijiy hakamlar ham faoliyat olib boradi. 

Luka Vadilonga (Italiya) 

-Jahon chempionati – 2017 (Germaniya)
-Yevropa chempionati – 2021 (Montenegro) 
-Harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati – 2021 (Rossiya)  
-Jahon chempionati – 2021 (Serbiya)

Yakov Peterson (Estoniya) 

-Jahon chempionati – 2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralashi – 2020 (Argentina)
-Jahon chempionati – 2021 (Serbiya)

Yashar Chinar (Turkiya) 

-Olimpiya o‘yinlari – 2012 (Buyuk Britaniya)
-Jahon chempionati – 2017 (Germaniya)
-Jahon chempionati – 2019 (Rossiya)
-Jahon chempionati – 2021 (Serbiya)

Emil Gurbanaliyev (Ozarbayjon)

-Ayollar o‘rtasida JCH – 2018 (Hindiston)
-Jahon chempionati – 2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralashi – 2020 (Senegal)
-Yoshlar o‘rtasidagi JCH – 2021 (Polsha)
-Jahon chempionati-2021 (Serbiya)

Dmitriy Lazarev (Ukraina) 

-Ayollar o‘rtasida JCH – 2018 (Hindiston)
-Jahon chempionati – 2017 (Germaniya)
-Yoshlar o‘rtasidagi JCH – 2021 (Polsha)
-Olimpiada saralashi – 2020 (Argentina)

Jamilya Borkoyeva (Qirg‘iziston)

-Ayollar o‘rtasida JCH – 2018 (Hindiston)
-Osiyo chempionati – 2019 (Tailand)
-Ayollar o‘rtasida JCH – 2019 (Rossiya)
-Jahon chempionati – 2021 (Serbiya)

Mokretari Sidali (Jazoir) 

-Jahon chempionati – 2017 (Germaniya)
-Ayollar o‘rtasida JCH – 2018 (Hindiston)
-Hamdo‘stlik o‘yinlari – 2018 (Avstraliya)
-Ayollar o‘rtasida JCH – 2019 (Rossiya)
-Olimpiada saralashi – 2020 (Buyuk Britaniya, Fransiya, Iordaniya)
-Olimpiya o‘yinlari – 2020 (Yaponiya)

Vilfredo Vaskes (Kuba)

-Panamerika o‘yinlari – 2019 (Peru)
-Olimpiada saralashi – 2020 (Buyuk Britaniya, Fransiya)
-Tokio – 2020 (Yaponiya)

Bu yil ilk bor erkaklar 13, ayollar esa 11 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashadi. Musobaqada 350 nafar charm qo‘lqop ustalari (erkaklar 286, ayollar 64) ringga ko‘tariladi. Serbiya mamlakati mezbonlik qilgan Jahon chempionatida ishtirok etgan Mujibillo Tursunov (63,5 kg), Saidjamshid Jafarov (75 kg) va Odiljon Aslonov (80 kg) turnir favoritlari sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun, 8 dekabr kuni turnirning saralash janglari o‘tkazilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston boks federatsiyasi AIBA Boks O'zbekiston chempioati

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing