Nahotki?! Shohjahon Ergashev prof boksdagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Professional boksning super yengil vazn toifasining yengilmas jangchici, o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev Instagram sahifasida sportdagi faoliyatini yakunlanganini e’lon qildi. 

“Uzoq vaqt uyda bo‘lmadim va otam uyga kelishimni so‘radi. Otam bilan juda ham ko‘p suhbatlashdik, oz bo‘lsa-da bosib o‘tgan yo‘llarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so‘radi. Hamma narsaning boshi va oxiri bo‘lganidek, sport ham abadiy emas. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnartdorligimni bildiraman. Hayotimda yangi sahifa ochyapman”, deya yozgan Ergashev.

Shuningdek, sportchi boksni butunlay tark etmasligini ta’kidlagan:

“Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo‘lsam, faqatgina o‘zim uchun shunday qilaman. O‘zimni yangi sohada sinab ko‘raman, ammo bu sport sohasi emas. Barchaga omad”.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev prof boksda 21 marta ringga ko‘tarilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan, 19 ta jangda esa raqiblarini nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev AIBA

Baholaganlar

1048

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing