Ai-91 benzin birjada kimlarga sotiladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi” 633-sonli qaroriga muvofiq 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.

Avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalari Ai-91 rusumli benzinni sotib olish uchun ochiq birja savdolarida ishtirok etishadi. Birja savdolarida narx bozor qoidalari asosida,  talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin o‘rnatiladi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ Matbuot xizmati xabarida aytildi.

“O‘zRTXB” AJ birja bozorida Ai-91 benzinini sotib oluvchilari qatoriga avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalaridan tashqari, benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari ham kiradi. Neftni qayta ishlash zavodlari birja savdolarida benzin sotuvchilari sifatida qatnashadi.

2019 yil 7 oy davomida “O‘zRTXB” AJning birja savdolari orqali 18,1 mlrd so‘mlik 2,9 ming tonna Ai-91 rusumli benzin sotilgan. Ai-91 benzini asosiy sotuvchi-korxonalarining boshlang‘ich qiymati benzinning bir tonnasi uchun 5828,5 ming so‘mni, o‘rtacha narxlari esa bir tonnasi uchun 6235,8 ming so‘mni tashkil etdi. Xaridorlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan Ai-91 rusumli benzinining birja savdolariga qo‘yilish hajmlarini ko‘paytirilishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, birja savdosi orqali sotilgan tovar resurlari uchun birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har Dushanba kuni soat 17:00 gacha “O‘zRTXB” AJ ning rasmiy saytida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

birja benzin Ai-91

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing