Ai-91 benzin qimmatladi

Jamiyat

image

15 avgustdan erkin savdoga chiqarilgan Ai-91 benzin narxi ma’lum qilindi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada sotuvga qo‘yilayotgan benzin narxlari haqida ma’lumot berdi. 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 12-16 avgust kunlari Respublika tovar xomashyo birjasida Ai-91 benzinning 1 kg uchun o‘rtacha narx 6118 so‘m bo‘lgan. Bir hafta davomida shu markali benzin narxi 2 foiz yoki 120 so‘mga oshgan. 

A-91 narxi erkin savdoga chiqarilishidan avval barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4500 so‘m narxda sotilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan buyon Ai-80 markali benzin davlat tomonidan o‘rnatilgan qat’iy 4500 so‘m narxda sotilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing