“Agrobank” mansabdorlari ikki fermer xo‘jaligi pullarini talon-taroj qildi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bank mansabdorlari ikki fermer xo‘jaligining mablag‘larini talon-taroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, ATB “Agrobank” Do‘stlik filiali mansabdor shaxslari “A-f.” va “N-m.” fermer xo‘jaliklari rahbarlarining xabarisiz, hisob raqamlaridagi jami 105,2 mln so‘m pul mablag‘larini to‘lov topshiriqnomalarisiz “ko‘rsatilgan texnika xizmatlari uchun” hamda “qoplanmagan kredit mablag‘larini qoplash uchun” mazmunida boshqa fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga o‘tkazib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan ATB “Agrobank” Do‘stlik filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Agrobank talon-taroj

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing