Farg‘onada aholi uchun ajratilgan 774 mln so‘mlik ko‘mir “joyini topib ketdi”

3-sahifa

image

Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan ko‘mir talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Aytilishicha, departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Oltiariq ko‘mir ombori mudiri M.I. Rishton tumanidan ko‘mir omboriga biriktirilgan jamoatchi vakil S.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida tuman aholisiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan umumiy qiymati 774,1 million so‘mlik 2 578 tonna ko‘mirni soxta hujjatlar rasmiylashtirish yo‘li bilan boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborgan.

Shu kabi, departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning “Do‘stlik” ko‘mir ombori mas’ul shaxslari va boshqalar 351 tonna ko‘mirni aholiga imtiyozli narxlarda sotilgani to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirgani aniqlangan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona ko'mir talon-taroj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing