“Agrobank”ga nisbatan chora qo‘llanildi

3-sahifa

image

“Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilishi alomatlari bo‘yicha tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Chinoz tumani fermer xo‘jaliklarining yo‘llagan murojaati qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqilgan. O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari “Agrobank” ATB Chinoz filiali bilan kredit shartnomasi va ta’minotchi tashkilotlarni ixtiyoriy tanlash bo‘yicha shartnoma imzolagani, biroq “Agrobank” ATB bosh ofisining Agrosanoat majmuini kreditlash bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklardan ushbu kreditlarni ajratilishida mablag‘lardan erkin foydalanishiga hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlashida bir qator sun’iy hamda byurokratik to‘siqlar, xususan, fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan ushbu kredit mablag‘lari hisobidan mineral o‘g‘it, yoqilg‘i moylash mahsulotlari, texnika xizmati va texnikalarga ehtiyot qismlar sotib olishda Chinoz tumani hokimligidan ushbu yetkazib beruvchi korxonalarni ta’minotchilar ro‘yxatiga qo‘shish uchun asossiz ravishda xat talab qilish holati aniqlangan.  

Bundan tashqari, o‘rganish davri ma’lumotlariga ko‘ra, “Agrobank” ATB Chinoz filiali ma’lumotlariga asosan fermer xo‘jaliklariga G‘alla-2024 yil hosilini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘ining ishlatilgan qismi 4.6 mlrd so‘mni tashkil etishi aniqlangan.

“Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, “Agrobank” ATB Toshkent viloyat boshqarmasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni buzilishi alomatlari bo‘yicha tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib,  belgilangan tartibda chora qo‘llanildi. Shuningdek, bu kabi holatlar yuzasidan Respublika bo‘yicha ham hududlar kesimida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarning alomatlari aniqlangan va buning ortidan ish qo‘zg‘atilgandi. Mineral o‘g‘itlar bozorida narxlarni asossiz oshirish holati bo‘yicha “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Agrobank Chinoz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made