Shomurodov “Roma”ni tark etishga yaqin turibdi
Sport
−
29 iyul 2022
20138O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov Rim jamoasini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Shomurodovning ishlariga mas’ul bo‘lgan “ProSports Management” vakili Qahhor Mo‘minov ma’lum qildi.
“Eldor “Roma”ning “Tottenxem” bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinga bormadi, chunki u boshqa klubga o‘tishga yaqin turibdi. Shomurodov to‘liq transfer qilinadimi yoki ijaraga beriladimi? Bu haqda “Roma” vakillaridan so‘ragan ma’qul”, degan Mo‘minov.
Qayd etish kerakki, Qahhor Mo‘minov o‘zbekistonlik futbolchining keyingi manzili qaysi klub bo‘lishini ochiqlamagan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida "Roma" Eldor Shomurodov uchun "Jenoa"ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi