Aftidan, karantin tufayli ko‘pchilik shov-shuvlarni sog‘inib qolgan ko‘rinadi – Obidov
Jamiyat
−
23 aprel 2020
41169Kecha, 21 aprel kuni “Ma’rifat” gazetasi muxbiri Sharifa Madrahimova Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tuman hokimligi vakili tomonidan kasbiy faoliyatiga jismoniy to‘sqinlik qilingani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. QALAMPIR.UZ bilan suhbatda jurnalist IIBda ushlab turilgani va ichki ishlar xodimlari viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov bilan qo‘ng‘iroqlashganini aytgan. Obidov bunday jurnalistni tanimasligini ta’kidlagan.
Shundan so‘ng, Muhammadjon Obidov Facebook’dagi shaxsiy sahifasida bu gaplar asosga ega emasligi haqida yozdi.
“Sharifa Madrahimovaning intervyusini ko‘rdim. Unga qo‘yilayotgan postlarni ham o‘qib boryapman. Hurmatli bloger va FBdan foydalanuvchilarga “debdi-debdi” kabi “taxmin, faraz jurnalistikasi”dan masala o‘rganib chiqilguncha tiyilib turishni tavsiya qilardim. Masalan, Sharifaxon “Obidov undoq debdi, bundoq debdi”, deya bayonot berishdan avval qo‘ng‘iroq qilib (telefon raqamimni bilar ekan, buni o‘zi ta’kidlabdi) bir og‘iz oydinlik kiritib olsa bo‘lardi-ku. Aftidan, karantin tufayli ko‘pchilik shov-shuvlarni sog‘inib qolgan yoki so‘rab-surishtirmasdan bir yoqlama xulosa chiqarish odatga aylanib qolayotgandek ko‘rinadi. Bir oz sabr qilaylikchi, aslida, bor gap yuzaga chiqar.
Hozircha shuni aytmoqchimanki, Sharifa Madrahimova “Muhammadjon Obidov bu hujjat haqiqiy emas ekan debdi”, degan gaplari g‘irt yolg‘on va tuxmatdan iborat”.
QALAMPIR.UZ holatni oydinlashtirish maqsadida Muhammadjon Obidov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Obidov bayonotini Facebook’da joylaganini va ushbu so‘zlarida qolishini ta’kidladi.
LiveBarchasi