Afsonaviy UFC pancheri 38 yoshida vafot etdi

Sport

image

"Rumble" laqabi bilan mashhur bo‘lgan nokautchi, sobiq UFC chempioni Entoni Jonson vafot etdi. Bu haqda “MMA Junkie” portali sobiq UFC jangchisi Jeyk Shildsning ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

“Hozirgina qayg‘uli xabarni eshitdim, Entoni Jonson vafot etdi. U mendan kichkina edi. Bu juda achinarli holat", deydi Shilds.

Jonson UFC'da o‘tkazgan 29 ta yengil vazndagi jangning 23 tasida g‘alaba qozongan. 2017 yilning aprel oyida u UFC kamari uchun Deniyel Kormega qarshi jangda mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng Entoni Jonson nafaqaga chiqdi, ammo to‘rt yildan so‘ng u Amerikaning Bellator tashkiloti bayrog‘i ostida MMA'ga qaytdi.

Ma’lumot uchun, keyinroq Jonson kasalligi borligini ma’lum qilib, ligadagi faoliyatini to‘xtatgandi


Maqola muallifi

Teglar

UFC Jonson

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made