Afsonaviy Roys faoliyatini Amerikada davom ettirishga yaqin turibdi
Sport
−
03 iyun
1893“Los-Anjeles Gelaksi” Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roysni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Amerika klubi allaqachon 35 yoshli germaniyalik futbolchiga shartnoma taklifini yuborgan va MLSning boshqa klubi “Sharlotta” bilan Roys transferi borasida birinchi muzokara o‘tkazish huquqi uchun to‘lovni kelishib olgan.
Marko Saudiya Arabistonidan ham takliflar oldi, ammo hozirda eng faol muzokarani “Los-Anjeles Gelaksi” klubi olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Roys yozda “Borussiya”ni erkin agent sifatida tark etadi. Roys 2012 yildan beri Dortmund klubida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda tajribali futbolchi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.