“Chelsi” “Real” qiziqayotgan futbolchi uchun 100 mln yevrodan ko‘proq to‘lamoqchi
Sport
−
28 fevral
1671“Chelsi” Dortmundning “Borussiya” klubi vingeri Jeymi Gittensga qiziqish bildirmoqda va futbolchi uchun 100 million yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor. Bu haqda “Caughtoffside” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” 20 yoshli iste’dodli futbolchi uchun 80 million yevro taklif qilgan, biroq, “Borussiya” Gittens uchun 100 million yevrodan ko‘proq olmoqchi, “Chelsi” esa yozgacha unga bo‘lgan taklifini yaxshilash imkoniyatini istisno etmayapti.
“Aristokratlar” o‘sib borayotgan ingliz yulduzini o‘z safiga qo‘shib olish uchun nemis klubining barcha moliyaviy shartlarini bajarishga urinib ko‘radi.
Yosh ingliz futbolchisi uchun kurashda “Manchester Yunayted” va “Bavariya” ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, Madridning “Real” klubi futbolchini Vinisius Juniorga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” tomonidan 50 million yevroga baholanayotgan hujumchi joriy mavsum “Borussiya” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning joriy klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
LiveBarchasi