Roys sobiq jamoasida faxriy lavozimni egalladi

Sport

image

“Los-Andjeles Gelaksi” hujumchisi Marko Roys sobiq jamoasida yangi lavozimni egalladi. 36 yoshli germaniyalik yulduz 2012–2024 yillarda o‘ynagan “Borussiya Dortmund” klubiga elchi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Borussiya mening hayotim bo‘lgan va hozir ham shunday bo‘lib qoladi. Men ko‘p yillar davomida klubga borimni berdim. Klub esa menga shunday sovg‘a berdi. Bu ajoyib kombinatsiya. Albatta, bizda ko‘tarilishlar va pasayishlar bo‘ldi, buni tan olishimiz kerak”, deydi Marko Roys.

Endiliklda Marko Roys ushbu lavozimda turli tadbirlarda “Borussiya Dortmund” nomidan qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. 

Elchi sifatida Roys Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidagi “Signal Iduna Park” stadionida “Borussiya” va “Budyo-Glimt” o‘rtasidagi o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu uchrashuv 2:2 hisobidagi durrang natija bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, Roys “Borussiya Dortmund”dagi faoliyati davomida ikki marta Germaniya kubogi va uchta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga, u ikki marta jamoasi bilan Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Marko Roys “Borussiya Dortmund” “Signal Iduna Park”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing