“Borussiya Dortmund” “Barselona” himoyachisiga qiziqmoqda
Sport
−
13:04 391 1 daqiqa
Germaniyaning “Borussiya Dortmund” jamoasi “Barselona”ning o‘ng qanot himoyachisi Ektor Fortni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda nemis nashrlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muzokaralar ham bo‘lib o‘tgani xabar qilinmoqda. Hozirda 20 yoshli futbolchi uchun “Barselona”ga eng jiddiy takliflardan biri aynan Dortmund klubidan kelmoqda. Shu bilan birga, Fortga Angliya Premer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi o‘z tarbiyalanuvchisi uchun kamida 20 million yevro olishni istamoqda.
“Barselona” transfer kelishuviga futbolchini keyinchalik qayta sotib olish bo‘yicha birinchi tanlov huquqini yoki kelgusi transferdan ma’lum foiz olish bandini qo‘shishni ham ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Ektor Fort o‘tgan mavsumni “Elche”da ijara asosida o‘tkazdi. Ispaniyalik himoyachi jamoa safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
Fort “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, asosiy jamoadagi debyutini 2023 yilda amalga oshirgan.
Live
Barchasi