Afsonaviy Maradonaning rekordi yangilandi

Sport

image

“Napoli” klubining 30 yoshli italiyalik hujumchisi Lorenso Insine Italiya chempionatining 25-turida “Inter”ga qarshi o‘yinda gol urib, o‘z nomini jamoa tarixiga yozib qo‘ydi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Bu gol Insine uchun neapolitan klubidagi 116-gol bo‘ldi, buning evaziga u 115 ta gol urgan afsonaviy argentinalik hujumchi Diyego Maradonaning ko‘rsatkichidan o‘zib ketdi.

“Inter” bilan o‘yin 1:1 hisobda yakunlandi va milanliklar ochko yo‘qotdi. Shunga qaramay, 54 ochko to‘plagan “neradzurrilar”A Seriyada yetakchilik qilib kelmoqda. “Napoli” esa 53 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Biroq napoliliklar ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Insine 2022 yilning yozidan boshlab MLS klubi – “Toronto” sharfaini himoya qiladi. U Shimoliy Amerika klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Diego Maradona

Baholaganlar

654

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing