Afsonaviy italiyalik futbolchi “butsasini mixga ildi”
Sport
−
30 may
5807Italiyalik afsonaviy markaziy himoyachi Leonardo Bonuchchi futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda u X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bonuchchi faoliyatini 2005 yilda “Internasonal”da boshlagan va keyingi bir necha mavsumni “Treviso” va “Piza”da ijarada o‘tkazgan. 2009 yilda u “Bari”ga ko‘chib o‘tdi. Uning texnikasi, o‘yin qobiliyati va himoyadagi faol o‘yinlari Bonuchchiga atigi bir yildan so‘ng Turinga, ya’ni “Yuventus”ga o‘tish imkonini berdi.
Vaqt o‘tishi bilan Bonuchchi “keksa senora”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi, Jorjo Kellini va Andrea Barzali bilan birga ishonchli himoya chizig‘ini tashkil etib, o‘zini jahon futbolidagi eng yaxshi himoyachilardan biri sifatida ko‘rsata oldi.
Shuningdek, Bonuchchi 2016 yilgi Yevropa chempionati, 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlari ishtirokchisi hisoblanadi. 2012 yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori. 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogining bronza medali sohibi hisoblanadi. Italiya terma jamoasidagi o‘yinlari soni bo‘yicha 4-o‘rinni egallab turibdi. Kattalar darajasida u klublar bilan 17 ta va milliy terma jamoalar darajasida bitta sovrinni qo‘lga kiritgan.