Afrikaning olti davlati rahbarlari Putin bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga keldi

Olam

image

Afrikaning olti davlati rahbarlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga keldi. Bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining (SPIEF) yakuniy matbuot anjumanida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maslahatchisi, forumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita ijrochi kotibi Anton Kobyakov ma’lum qildi.

“Mana endi Afrikaning oltita davlati rahbarlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga yetib kelishdi”, deydi u.

Uning aytishicha, forumda 150 dan ortiq yuqori martabali amaldorlar ishtirok etgan.

Kobyakov Sankt-Peterburgga forum uchun Jazoir, Armaniston, Janubiy Osetiya Prezidentlari, Kuba Bosh vaziri kelganini qayd etgan.

Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasiga BAA Prezidenti Muxammad ibn Zaid Al Naxayyan boshchilik qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin bilan uchrashuvda ular Ukraina masalasi va “don kelishuvi”ni muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Afrika Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing