Afrikaning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi

Sport

−

image

Britaniyaning “FourFourTwo” jurnali Afrika Millatlar Kubogi oldidan tarixdagi eng yaxshi afrikalik futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingda misrlik hujumchi Muhammad Saloh yetakchilik qilmoqda.

Kuchli uchlikdan ikki nafar sobiq hujumchi – Jorj Vea va Samuel Eto'O joy oldi. To‘liq jadvalga umumiy 32 nafar futbolchi kiritilgan.

Afrikaning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:

Muhammad Saloh (xujumchi, Misr);
Jorj Vea (hujumchi, Liberiya);
Samuel Eto'O (xujumchi, Kamerun);
Dide Drogba (xujumchi, Kot-d'Ivuar);
Yaya Ture (yarim himoyachi, Kot-d'Ivuar)
Sadio Mane (xujumchi, Senegal);
Riyod Mahrez (xujumchi, Jazoir);
Abedi Pele (yarim himoyachi, Gana);
Maykl Essen (yarim himoyachi, Gana);
Jey Jey Okocha (hujumchi, Nigeriya).

Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh joriy mavsum “Liverpul” klubi safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning joriy klubi bilan shartnomasi keyingi yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” Salohning qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing