Afrika kubogidan keyin senegallik muxlislar ochlik e’lon qildi

Sport

image

Joriy yilning 19 yanvar kuni Marokashda bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogi (AFCON) finali chog‘ida tartibsizliklarda ayblanib hibsga olingan 18 nafar senegallik futbol muxlisi sud jarayoni yakuniga qadar ochlik e’lon qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi

Advokat Patrik Kabuning ma’lum qilishicha, hibsga olinganlar 18 yanvardan buyon o‘zlariga qanday ayblovlar qo‘yilganini bilmayapti. Ular Senegal Marokashni mag‘lub etgan final uchrashuvidan so‘ng Rabot shahrida qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, final o‘yinining so‘nggi daqiqalarida ayrim senegallik muxlislar maydonga bostirib kirishga uringan. Senegal futbolchilari esa Marokash foydasiga belgilangan kechiktirilgan penaltiga norozilik bildirib, o‘yinni qariyb 20 daqiqaga to‘xtatib qo‘ygan. Ayrim muxlislar maydonga turli buyumlarni uloqtirgan.

Kabuning aytishicha, hibsga olinganlar o‘zlarining sudlov huquqi buzilayotganini ta’kidlab, ochlik aksiyasini davom ettirishlarini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Senegal terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi finalida Marokash darvozasiga qo‘shimcha o‘n besh daqiqalik bo‘limlarda gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senegal terma jamoasi bosh murabbiysi Pap Tiav Marokashga qarshi Afrika kubogi final uchrashuvidagi xatti-harakatlari uchun besh o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani va 100 ming dollar jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afrika kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing