Afinada kuchli portlash oqibatida ko‘p qavatli uy quladi. Qurbonlar bor
Olam
−
13:40 644 2 daqiqa
Gretsiya poytaxti Afinada portlash oqibatida turar joy binosi qulab, bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Gretsiya yong‘in xizmati vakillari ma’lum qildi.
Portlash kecha, 25 sentyabr kuni Afinaning sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan Plaka hududida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, ikki qavatli bino butunlay vayron bo‘lib, uch kishi jarohatlangan, shuningdek, atrofdagi uylar, do‘konlar va avtomobillarga zarar yetgan.
Manbaga ko‘ra, qutqaruvchilar maxsus tayyorlangan itlar yordamida vayronalar ostida qolganlarni izlamoqda. Yong‘in xizmati vakiliga ko‘ra, binoda yashagan keksa juftlik hamda boshqa xonadonda turgan to‘rt nafar sayyohdan hali darak yo‘q.
Qutqaruv ishlari davomida bugun, 26 sentyabr kuni ertalab vayronalar orasidan yosh ayolning jasadi topilgan. Portlashdan keyin bino metall konstruksiyalar, singan balkonlar va osilib turgan beton bo‘laklaridan iborat vayronaga aylangan.
Politsiya vakilining ma’lum qilishicha, shaxsi va fuqaroligi hozircha aniqlanmagan to‘rt sayyoh 25 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da Afina aeroportidan uchish uchun mehmonxonadan chiqishi kerak bo‘lgan. Biroq ular belgilangan vaqtda utib bormagan.
Portlashga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Hodisa ko‘plab mehmonxonalar va qisqa muddatli ijara uylari joylashgan hududda sodir bo‘lgan.
Afina meri Xaris Duka portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytgan.
“Nimadir juda yomon tarzda noto‘g‘ri ketgan”, degan u.
Ma’lumot uchun, Plaka Afinaning eng mashhur sayyohlik hududlaridan biri bo‘lib, u Akropol va Zevs ibodatxonasi kabi shaharning asosiy diqqatga sazovor joylari yaqinida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippindagi Anxeles shahrida qurilayotgan to‘qqiz qavatli mehmonxona binosi ishchilar ustiga qulab tushgandi.
Live
Barchasi