Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti uyidan 6,5 mln dollar va katta oltin zaxirasi topildi (video)

Olam

image

Panjsher darasiga qochgan Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidentining uyidan 6,5 million dollar va katta oltin zaxiralari topildi. Bu haqda Twitterʼda tarqalgan xabarlarga asoslanib REN.TV ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, mamlakatdagi yangi hokimiyatning xavfsizlik kuchlari sobiq vitse-prezident Amrulloh Solihning uyida tintuv o‘tkazgan va u yerdan 6,5 million AQSH dollari hamda oltin buyumlarni topgan.

Nashrning ta’kidlashicha, afg‘on xalqining boyligini o‘g‘irlagan bu kabi sobiq tuzum rahbarlari kam emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17 avgust kuni sobiq Prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan keyin Amrulloh Solih o‘zini Prezident deb e’lon qilgandi. Oradan biroz vaqt o‘tib, “Tolibon” Qobulni egallaganidan so‘ng, Solih Afg‘oniston qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’ud bilan birga Panjsherni himoya qila boshladi.

Joriy yilning 6 sentyabr kuni esa toliblar Afg‘onistondagi qarshilik kuchlarining so‘nggi qal’asi Panjsherni egallaganini e’lon qildi. Biroq, Milliy qarshilik fronti bu ma’lumotni rad etdi. Biroz o‘tib esa toliblar viloyatning bir qancha hududini nazoratga olgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda sobiq vitse-prezidentning qayerdaligi noma’lumligicha qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

565

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing