Afg‘onistonning xorijdagi samolyotlari qisman qaytarildi – “Tolibon”

Olam

image
“Qo‘yliq” dehqon bozori boshqa joyga ko‘chiriladi north_east

“Qo‘yliq” dehqon bozori boshqa joyga ko‘chiriladi

Afg‘on harbiy samolyotlari – mustahkam qanotli samolyotlar va vertolyotlar qo‘shni mamlakatlardan olib kelindi. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lum qildi. Qo‘shimcha ma’lumotlar, xususan, samolyotlarning aniq soni ochiqlanmagan.

Ma’lumki, Afg‘oniston Islom Respublikasi avgust oyida “Tolibon” tomonidan qulatilganda mamlakat harbiy havo kuchlari uchuvchilari samolyot va vertolyotlarda qo‘shni davlatlarga qochib o‘tgandi.

Balx viloyatidagi Al-Fath korpusi qo‘mondoni Otaullo Omari samolyotlarni ortga qaytarish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

“Xorijga olib chiqib ketilgan samolyotlar mamlakatga qaytarilmoqda. Ko‘rilayotgan choralar natijasida samolyotlarning bir qismi Afg‘onistonga qaytarildi”, degan u.

Afg‘oniston Islom Amirligi vakili afg‘on uchuvchilarini vatanga qaytishga chaqirib, ularga hech qanday tahdid yo‘qligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach, afg‘on uchuvchilari mamlakatni tark etgandi.

Shundan so‘ng 465 nafar afg‘on harbiy uchuvchilari oila a’zolari bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgandi. “Tolibon” esa ularni qaytarishni talab qilayotgandi. Shu orada O‘zbekiston qochib o‘tgan afg‘on uchuvchilari oilalari bilan Amerika bazasiga ko‘chirilishi haqida AQSH bilan kelishdi. Qayd etish kerakki, uchuvchilar toliblar barcha amaldorlar, harbiylarga amnistiya e’lon qilganiga qaramay, o‘zi va yaqinlari xavfsizligi uchun xavotirda edi, voqealar rivoji ularning xavotiri o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda.

“Tolibon” esa O‘zbekistondan afg‘on uchuvchilari olib o‘tgan samolyotlarni qaytarishni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Tolibon

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing