Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH harbiy texnikasini qoldirib ketadimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, AQSH va NATO qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etmoqda. Buning ortidan, allaqachon, mamlakatda harbiy keskinlik yuzaga kelgan. “Tolibon” harakati faollashgan va birin-ketin mamlakat tumanlarini egallamoqda. Shunday paytda AQSH harbiy texnikasini yordam tariqasida Afg‘oniston harbiylariga qoldiradimi?

Ushbu savolga Afg‘oniston Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Mohib quyidagicha javob berdi:

“Gap shundaki, hozirda afg‘on kuchlariga berilayotgan harbiy texnika juda cheklangan, chunki Amerika qo‘shinlarining aksariyati, allaqachon, mamlakatdan ketgan va juda oz sonli harbiylar qolgan. Qolgan harbiy xizmatchilar afg‘onistonlik askarlarni o‘qitish ishlari bilan shug‘ullangan. Albatta, ular bizga bir nechta harbiy asbob-uskunalar beradi, ammo harbiy texnikaning asosiy qismi, allaqachon, bizga yuborilgan va biz ulardan afg‘on xalqi hamda Afg‘onistonning hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun foydalanayapmiz”, deydi Hamdulla Mohib.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 iyul kuni toliblar Afg‘onistonning 13 ta tumanini o‘z nazorati ostiga oldi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, “Tolibon” Afg‘onistonning 50-70 foizini nazorat qilmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra esa mamlakatdagi jami 370 tumandan 110 tasini aynan toliblar qo‘lida qolmoqda.

AQSH va NATO Afg‘onistonni tark etmoqda

Jo Bayden Oq uyni Trampdan qabul qilib olganda AQSHning Afg‘onistonda atigi 2,5 ming harbiy xizmatchisi bor edi. Bu Amerika Afg‘onistonga bostirib kiraganidan beri eng past ko‘rsatkichdir. AQSHning sobiq Prezidenti Obama davrida ularning soni 100 mingni tashkil qilgan. 2011 yilda ben Loden o‘ldirilgach, qo‘shinlar soni ham kamaya boshlagan. 

Joriy yilning may oyida AQSH Afg‘onistondan qolgan qo‘shinlarini ham olib chiqa boshladi. Bayden ushbu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlamoqchi. Uning ittifqochilari hisoblangan Italiya va Germaniya esa, allaqachon, barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketishga ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh NATO “Tolibon”

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing