“Tolibon” bir kun ichida Afg‘onistonning 13 ta tumanini egallab oldi
Olam
−
04 iyul 2021
16072“Tolibon” harakati so‘nggi 24 soat ichida Afg‘onistonning 13 ta hududini o‘z nazorati ostiga oldi. Bu “Tolibon”ning qisqa vaqt ichida bosib olishga muvaffaq bo‘lgan maksimal sonli maydoni. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda.
Qayd etilishicha, toliblar Badaxshon viloyatidagi 9 ta tuman, Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Taxar viloyatidagi ikkita tuman hamda mamlakat sharqidagi Paktiya va janubiy Qandahor viloyatidagi bitta tuman ustidan nazorat o‘rnatgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, toliblar ayni paytda mamlakatning 370 ta tumanidan 110 tasini nazorat qilmoqda.
O‘z navbatida, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi o‘tgan kun davomida mamlakatning to‘qqiz tumanida bo‘lib o‘tgan janglar davomida 224 “Tolibon” a’zosi yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Vazirlik toliblar bosib olgan hududlarni qaytarib olishga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” harakati Afg‘onistonning Toxar viloyati Farxor tumanida joylashgan Ahmad Shoh Ma’sudning eng yirik va tarixiy qarorgohi — “Chamani Xustdex”ni egallab oldi.
Shuningdek, toliblar G‘aznaga hujum qilib, Shahbez Xon, Esfand, Al-Burnin, Qalqis Jungal Bagda tumanlarini egallab oldi.
LiveBarchasi