Afg‘onistonliklardan 15 kun ichida Tojikistonni tark etish talab qilindi – OAV

Olam

image

Tojikiston hukumati afg‘on qochqinlarini, jumladan, amal qilayotgan yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan va immigratsiya bo‘yicha arizalarining ko‘rib chiqilishini kutayotganlarni qo‘lga olish va deportatsiya qilish kampaniyasini boshladi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Khaama Press” xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, so‘nggi haftalarda Tojikiston xavfsizlik kuchlari har kuni o‘nlab afg‘onlarni, asosan erkaklarni hibsga olmoqda. Ularni ish joylaridan olib ketishmoqda, oila a’zolari esa bu haqda xabarsiz qolmoqda. Ayrim hibsga olinganlar uchinchi davlatlarga, jumladan Kanadaga ko‘chirilish jarayonida bo‘lib, ularning majburiy deportatsiyasi xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi mumkin.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda 13 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati “Tolibon” harakati 2021 yilda hokimiyatga kelgach, Afg‘onistondan qochgan sobiq hukumat amaldorlari, harbiylar va boshqa xodimlar.

Nashrning yozishicha, Tojikistonning afg‘onistonliklarni ommaviy ravishda chiqarib yuborish harakati mintaqaviy tendensiyaning bir qismi bo‘lib, xuddi shunday choralarni Eron va Pokiston ham ko‘rmoqda. Ayni paytda xalqaro tashkilotlar Tojikiston hukumatining bu harakatlariga rasmiy munosabat bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil boshidan beri 1 milliondan ortiq Afg‘oniston fuqarosi Eron va Pokistondan majburan Afg‘onistonga qaytarilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tojikiston qochqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing