Afg‘onistonlik bemor O‘zbekistonda vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan afg‘onistonlik vafot etdi. U 40 yoshda bo‘lgan. 

Afg‘oniston davlati fuqarosi 40 yoshli M.H. (erkak)ni 2-3 kun davomida yo‘tal va tana harorati ko‘tarilishi bezovta qilgan. 
21 iyun kuni tez tibbiy yordam chaqirtirilib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Bemorga SOVID-19, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifoxonada bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing