Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonga sezildi
Olam
−
27 avgust 2025 7684 1 daqiqa
Bugun, 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 18:27 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 547 km janubiy-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 3 ball. Magnitudasi 5,7. Chuqurligi: 160 km. Epitsentr: Badaxshon, Afg‘oniston. Koordinatalari 36,55 shimoliy kenglik, 71,03 sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 342 km.
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 431 km.
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 480 km.
- Jizzax viloyatida 2 ball, 483 km.
- Andijon viloyatida 2 ball, 486 km.
- Samarqand viloyatida 2 ball, 496 km.
- Namangan viloyatida 2 ball, 498 km.
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 527 km.
- Toshkent shahrida 2 ball, 547 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu zilzila 1 kun o‘tib yana yuz berdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025