Afg‘onistondagi vaziyat Pokistondan qaytgan qochqinlar tufayli yomonlashdi – BMT
Olam
−
23 noyabr 2023
6703Islomobod noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish kampaniyasini boshlaganidan so‘ng, Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 374 mingga yaqin afg‘on Pokistondan vataniga qaytdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi (UNHCR) ma’lum qildi.
“BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi Pokistonning hujjatsiz xorijliklar mamlakatni tark etishi kerakligi haqidagi e’lonidan xavotirda, chunki bu buyruqlar Afg‘oniston fuqarolariga, jumladan, ro‘yxatga olingan qochqinlarga va amaldagi hujjatlarga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan”, deydi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Pokistondagi vakili Filippa Kandler Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston 2023 yil 3 oktyabrda ushbu rejani (noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish) e’lon qilganidan beri 374 mingga yaqin odam Afg‘onistonga, asosan qo‘rquv va shoshqaloqlik bilan qaytgan.
“Biz Pokistonda afg‘onlarning hibsga olinishi va deportatsiyasi sonining eksponensial oshib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Afg‘onlarning o‘z vatanlariga ommaviy qaytishi davom etayotgan gumanitar inqirozni yanada kuchaytiradi, chunki qishki harorat pasayib, ba’zi joylarda eng past harorat -4 darajaga yetadi", deydi Kandler.
Shuningdek, u ko‘plab qaytib kelgan afg‘onlar himoyasiz ekanini, jumladan, yetarli boshpana bo‘lmasa, qattiq qishda halok bo‘lishi mumkinligini eslatgan.
Noqonuniy muhojirlar deportatsiyasi e’lon qilingan vaqtga kelib, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Pokistonda 1,1 milliondan 1,7 milliongacha afg‘on qochqinlari bo‘lgan. Pokiston rasmiylari ularga 1 noyabrgacha ixtiyoriy ravishda Afg‘onistonga qaytishlari uchun vaqt berdi. 160 minggacha afg‘onlar buni uddalashdi. Keyin Pokiston qochqinlarni majburan deportatsiya qila boshladi.
Qayd etish joizki, Isroil va HAMAS o‘rtasida janglar davom etayotgan, G‘azo sektoridagi voqealar va 2,2 millionga yaqin falastinliklar genotsid qurboniga aylanayotgan bir paytda, dunyo afg‘on pushtunlarining Pokistondan keng ko‘lamli deportatsiya qilinishini deyarli payqamayapti. Gap yuz minglab odamlar ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 1,8 million afg‘on muhojirlari haqida ketyapti.
Pokiston va Afg‘onistonda nima bo‘lyapti, vaziyat portlashi mumkinmi, hozirgi inqiroz Markaziy Osiyo, Eron va Janubiy Kavkazga qanday ta’sir qiladi? Bu bo‘yicha Rossiya siyosatshunoslar jamiyatining tahliliy markazi direktori, Afg‘oniston siyosatini o‘rganish markazi rahbari Andrey Serenko javob berdi.Serenkoning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon”ning ustuvor yo‘nalishi Pokiston bilan urishish, Markaziy Osiyoga oldinga siljish va Eronga qarshi kurashdir. Quyidagi havola orqali bu haqdagi to‘liq maqolani o‘qishingiz mumkin.
LiveBarchasi