Afg‘onistondagi portlash oqibatida 11 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi
Olam
−
06 iyun 2020
4073Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida portlash sodir etildi. Oqibatda 11 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat politsiyasi vakili Sanaulloh Ruhoniyning bayonotiga tayanib, “Tolo News” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, voqea 6 iyunga o‘tar kechasi yuz bergan. 11 nafar politsiya xodimi, shu jumladan, guruh rahbari bo‘lgan mashinani yo‘l chetidagi mina portlatib yuborgan.
Ushbu portlashni mamlakatda harakatlanuvchi hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 iyun kuni mamlakat poytaxti Kobul shahrining shimolida joylashgan masjidlardan birida portlash sodir etilgandi.
LiveBarchasi