Afg‘onistondagi masjidda juma namozidan keyin portlash sodir etildi
Olam
−
11 Fevral 2022 11258 1 daqiqa
Bugun, 11 fevral kuni juma namozidan so‘ng Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Bodg‘is viloyati markazidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Portlash Kala-yi Nau masjidida sodir bo‘lgan. Bu vaqtda ibodatga yig‘ilganlar masjidni tark etayotgan bo‘lgan.
Portlash qo‘l granatasi orqali sodir etilgani ma’lum qilinmoqda. Hozircha qo‘poruvchilik harakatining boshqa tafsilotlari ochiqlanmayapti.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr