Afg‘onistonda yong‘in oqibatida 20 ta traktor yonib ketdi

Olam

image

Kecha, 4 dekabr kuni Afg‘oniston va Eron o‘rtasidagi umumiy chegarada yong‘in chiqqan. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu hodisadan so‘ng chegaraning ikki tomonida yashovchilarning 20 dan ortiq traktori va bir nechta avtomobili yonib ketgan. Ularga katta moliyaviy zarar yetgan. Yong‘in oqibatida bir necha kishi jabrlangan.

Qayd etilishicha, ushbu hodisaga traktorning yonishi sabab bo‘lgan. Ko‘pincha ehtiyot choralariga rioya qilmaslik va yong‘inga qarshi vositalarning yo‘qligi tufayli bunday hodisalar doimo zararga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahridagi “Jihodiya” madrasasida kuchli portlash sodir etilib, oqibatda 35 kishi qurbon bo‘lgan edi. Shuningdek, Afg‘onistonni boshqarayotgan “Tolibon” 3 dekabr kuni ilk marta maktabda to‘y qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston “Tolibon”

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing