Afg‘onistondagi maktabda kuchli portlash yuz berdi (video)

Olam

image

Kecha, 29 noyabr kuni Afg‘onistonning Samagon viloyatidagi diniy maktabda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily”  nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portlash oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar Samagon viloyatidagi shifoxonaga yotqizilgan.

Samagon viloyati kasalxona manbalariga ko‘ra, ushbu portlash qurbonlarining aksariyati maktab o‘quvchilaridir.

Manbalarga ko‘ra, Tolibon voqea joyini to‘sib qo‘ygan va hech kimga suratga olishga ruxsat bermagan.

Jamoat manbalarining aytishicha, voqea joyidan jasadlarni olib chiqish jarayoni davom etmoqda.

Portlashning sabablari hozircha noma’lum, hech bir guruh hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston shaharlarida teraktlar ko‘paygani odamlarni xavotirga solmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing