“Tolibon” maktabda to‘y qildi
Olam
−
03 dekabr 2022
10669“Tolibon” o‘z jangchisining nikoh marosimini Taxar viloyati markazi Taloqon shahridagi maktabda o‘tkazdi. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘y marosimi Taloqan shahrining to‘rtinchi mavzesi “Sed Husayn Shahid” maktabida bo‘lib o‘tgan.
Ushbu to‘y marosimlarining ishtirokchilari, barcha erkaklar kechki ovqatni ushbu maktab binosida qilgan.
Manbaga ko‘ra, bu to‘y marosimlarida ayollar bo‘lmagan. “Tolibon” vakillari hech kimga rasm yoki video olishga ruxsat bermagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahridagi “Jihodiya” madrasasida kuchli portlash sodir etilib, oqibatda 35 kishi qurbon bo‘lgan edi.
LiveBarchasi