Afg‘onistonda “Tolibon”ga qarshi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
10:28 1757 1 daqiqa
Afg‘onistonda “Tolibon”ga qarshi “Afg‘oniston ozodlik fronti” jangchilari tomonidan ketma-ket ikki marta – 15-16 fevral kunlari hujum uyushtirildi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi yaralandi. Bu haqda “Afg‘oniston ozodlik fronti” o‘zining X sahifasida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15 fevral kungi ilk hujum taxminan soat 18:00 atrofida Qunduz shahri 1-politsiya hududidagi Chahardara yo‘lida sodir bo‘lgan. Tolibon harbiy mashinasiga hujum oqibatida ikki nafar “Tolibon” a’zosi halok bo‘lgan, yana biri esa yaralangan.
Shuningdek, 16 fevral kungi ikkinchi hujum taxminan soat 19:00 da uyushtirilgan.
Guruhning ma’lum qilishicha, Qunduz shahri Bala Hisor maydonida joylashgan “Tolibon” nazorat punktiga zarba berilgan. Oqibatda yana ikki nafar “Tolibon” a’zosi o‘ldirilgan, yana ikki kishi yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Afg‘onistonning Badahshon viloyati Bahorak tumanidagi “Tolibon” kuzatuv minorasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan edi.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi