Afg‘onistonda sovuqdan halok bo‘lganlar soni 104 kishiga yetdi
Olam
−
23 yanvar 2023
6779“Tolibon” hukumati Afg‘onistonning 16 viloyatida anomal suvuq tufayli 104 nafar kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “Tolonews” telekanali xabar berdi.
Norasmiy manbalarga ko‘ra, anomal sovuqda 150 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati bolalardir. Eng ko‘p qurbonlar Jauzjon, Badaxshon, Sarpol, Faryob, Badaxshon va Bodg‘is viloyatlarida to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, noqulay ob-havo sababli Afg‘onistonda salkam ikki yil ichida 50 ta turar-joy vayron bo‘lgan, 70 mingdan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda qattiq sovuq va qor tufayli halok bo‘lganlar soni 70 kishiga yetganini ma’lum qilgan edik.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi