Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
16 aprel
5601Bugun, 16 aprel kuni soat 04:14 da Afg‘oniston hududida 6,3 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 570 km janubi-sharqda. Magnituda: 6,3. Chuqurligi: 100 km. Epitsentr: Taxor, Afg‘oniston.
Epitsentrda sezilish kuchi: 4 ball. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 295 km;
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 480 km;
- Samarqand viloyatida 3 ball, 484 km;
- Jizzax viloyatida 3 ball, 485 km;
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 495 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 497 km;
- Andijon viloyatida 3 ball, 539 km;
- Namangan viloyatida 3 ball, 545 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 570 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasining Tog‘li Badaxshon viloyatida 7 ballik zilzila sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi