Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 5 ballik zilzila O‘zbekistonda ham sezildimi?
Jamiyat
−
03 may 2023 10018 1 daqiqa
Bugun, 3 may kuni Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgani aytilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi O‘zbekistonda zilzila sezilganini tasdiqlamadi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan 14:51 da (Grinvich bo‘yicha 09:51 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari:
- 37,12 gradus shimoliy kenglik;
- 70,49 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Yer silkinishining o‘chog‘i 255 km chuqurliyeda, epimarkazi esa Toshkentdan 474 km janubiy-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda ketma-ket ikkinchi kun zilzila sodir bo‘lmoqda. Kecha, 2 may kuni ham Afg‘onistonda 5 magnitudali zilzila yuz bergandi.
Live
Barchasi