Afg‘onistonda sobiq deputat o‘ldirib ketildi

Olam

image

Afg‘oniston parlamenti quyi palatasining sobiq deputati Mursal Nabizoda Qobuldagi uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. 

Nashr bilan suhbatda bo‘lgan manbalarga ko‘ra, Nabizoda joriy yilning 14 yanvarga o‘tar kechasi Qobulning Ahmad Shoh Baba tumanidagi Marg‘umi 25-ko‘chasida otib o‘ldirilgan.  

Nabizoda qanday o‘ldirilgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. 

“Tolibon” politsiyasining Qobuldagi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Xolid Zadran sobiq deputat Mursal Nabizoda otib o‘ldirilganini tasdiqlagan. 

Mursal Nabizodaga qarata otishma oqibatida uning akasi ham yaralangani aytilmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda mamlakatning turli viloyatlarida sirli qotilliklar ko‘paygan. Eng so‘nggi holatda, kecha Parvon markazida bir kishi sirli ravishda o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing