Afg‘onistonda qolgan AQSH qurollarini sotish taqiqlangan – “Tolibon”
Olam
−
10 iyul 2023
6843AQSH tomonidan Afg‘onistonda qoldirilgan Amerikada ishlab chiqarilgan qurollar omborlarda saqlanadi, ularni sotish esa taqiqlanadi. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati vakili Zabihulloh Mujohid o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.
“AQSHdagi bir qator odamlarning “Afg‘oniston Islom Amirligi” (“Tolibon” qo‘llagan davlat nomi) Amerika qo‘shinlari tomonidan qoldirilgan qurol va o‘q-dorilarni sotgani haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Haqiqat shundaki, chet el qo‘shinlari chiqarib yuborilib, “Amirlik” tashkil etilgan paytdan boshlab barcha qurol-yarog‘, texnika va transport vositalari mamlakat omborlari va zahiralarida saqlana boshlagan, ularni ko‘chirishga yoki sotish uchun hech kimga ruxsat berilmaydi”, degan Mujohid.
Ma’lumot uchun, shu yilning mart oyi boshida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashington chekkasida Respublikachilar partiyasi konservativ doiralarining yillik konferensiyasida nutq so‘zlab, “Tolibon” Afg‘onistonda qoldirilgan Amerikada ishlab chiqarilgan qurollarni, jumladan Apache vertolyotlarini Rossiya va Xitoyga sotayotganini aytgan.
LiveBarchasi